Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rishtonlik fuqaro 150 ming so‘mni deb yetti yilgacha qamalishi mumkin

Rishtonlik fuqaro 150 ming so‘mni deb yetti yilgacha qamalishi mumkin

1-dekabr kuni o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Farg‘ona viloyati, Rishton tumanida yashovchi fuqaro X.U. bir dona politelin parchasiga o‘ralgan “gashish” giyohvandlik moddasini 150.000 so‘m evaziga sotgan vaqtida daliliy ashyo tariqasida olingan.

Holat yuzasidan Rishton tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi ko‘zg‘atilib, unga nisbatan sud tomonidan "qamoqqa olish" tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Eslatib o‘tamiz, Jinoyat kodeksining 273-moddasi 2-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring