Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Referendumda muddatidan oldin ovoz berish qanday tartibda bo‘lishi aytildi

Referendumda muddatidan oldin ovoz berish qanday tartibda bo‘lishi aytildi

Markaziy saylov komissiyasi referendum kuni o‘z yashash joyida bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lmagan ovoz beruvchi muddatidan oldin ovoz berish huquqiga ega ekanligini eslatmoqda.

Bunda ovoz beruvchi muddatidan oldin ovoz berishi uchun referendum kunida bo‘la olmasligi sabablarini ko‘rsatgan holda tegishli komissiya uchastkasiga murojaat qiladi. Shundan so‘ng ovoz beruvchi tegishli saylov komissiyasining kamida ikkita a’zosi guvohligida ovoz berish byulletenini oladi.

Byulleten maxsus jihozlangan ovoz berish kabinasida yoki xonasida ovoz beruvchi tomonidan to‘ldiriladi. So‘ng to‘ldirilgan byulleten yopiq xatjildda qoldiriladi. Xatjildning yelimlanadigan joyiga uchastka komissiyasining ikki nafar a’zosi imzo qo‘yadi va muhr bilan tasdiqlaydi.

Xatjild uchastka komissiyasining seyfida saqlanadi.

Referendumda muddatidan oldin ovoz berish 19-26-aprel kunlari amalga oshiriladi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring