Referendum so‘nggi 30 yildagi eng yirik siyosiy voqea – CGTN telekanali
Joriy yil 30-aprel kuni o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonun loyihasiga doir referendum jarayonlariga xorij nashrlari ham e’tibor qaratishmoqda.
Jumladan Xitoyning CGTN telekanali bo‘lib o‘tgan referendumni so‘nggi 30 yildagi eng yirik siyosiy voqealardan biri sifatida baholaydi.
«Milliy referendum O‘zbekiston 30 yil avval mustaqillikni qo‘lga kiritgan buyon eng yirik siyosiy voqealardan biri hisoblanadi. Ilgari surilayotgan islohotlarning natijalari amalda yuzaga chiqishi uchun biroz vaqt kerak bo‘ladi. Ammo ovoz beruvchilarning faolligi ularning o‘z huquqlariga befarq emasligini ko‘rsatmoqda. Minglab uchastkalar ochilgan mamlakatda rasmiylar xavfsizlik choralariga ham alohida e’tibor qaratishgan. Ushbu referendum natijalari bilan amaldagi konstitutsiya kontentining 60 foizi o‘zgaradi», – deyiladi CGTN telekanali lavhasida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter