«Разрешить сообщения»ni qanday o‘chirish mumkin?
Bugungi kunda deyarli har bir sayt bildirishnomalarni yuborish uchun ruxsat talab qiladi. Foydalanuvchi har safar saytni ochganida mos keladigan oyna paydo bo‘ladi. Bu ko‘p hollarda sizga yoqmaydi, lekin siz bu oynalarni bloklashingiz mumkin.
Google Chrome
Brauzerning yuqori o‘ng burchagidagi uch nuqta knopkani bosing. Natijada bir nechta bo‘limlar paydo bo‘ladi, ular orasidan «Настройки»ni tanlang.
«Конфиденциальность и безопасность» bo‘limiga o‘ting va «Настройки сайта»ni bosing. «Разрешения» bo‘limida bildirishnomalarni toping va ustiga bosing.
Opsiyadan saytlarga xabarlarni joylashtirishga ruxsat bermaslikni tanlang.
Google Chrome (mobil versiya)
Brauzeringizning yuqori o‘ng burchagidagi uch nuqta knopkani bosing. Natijada bir nechta bo‘limlar paydo bo‘ladi, ular orasidan «Настройки»ni tanlang.
Sozlamalar orqali «Выкл» holatiga o‘rnating.
Microsoft Edge
Brauzerning yuqori o‘ng burchagidagi uch nuqta knopkani bosing. U yerdan «Настройки»ni tanlang. Chap yon paneldagi cookie fayllari va sayt ruxsatnomalarini bosing.
«Разрешения сайта» bo‘limidan bildirishnomani toping va o‘sha bo‘limni bosing. «запрашивать перед отправкой (рекомендуется)» knopkasi orqali «Выкл» holatiga o‘rnating.
Mozilla Firefox
Brauzerning yuqori o‘ng burchagidagi uch qatorli menyu knopkani (gamburger) bosing va «Настройки»ni tanlang.
Chap yon paneldagi «Конфиденциальность и безопасность»ni bosing. U yerdagi «Разрешения» bo‘limidan «сообщения»ga o‘ting.
Qalqib chiquvchi oynada «Блокировать новые запросы с просьбой разрешить сообщения» katagiga belgi qo‘ying. O‘zgarishlarni tasdiqlash uchun «Сохранить» knopkasini bosing.
E’tibor bering, ma’lumotlar aksariyat mobil qurilmalar tili rus tilida bo‘lganligi uchun ushbu tilda berildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter