Rasul Kusherbayev: «Bu — tibbiyotchilar uchun qo‘shimcha to‘siq bo‘lmasligiga umid qilamiz»

Parlament quyi palatasida sog‘liqni saqlash vazirligining faoliyati bo‘yicha vazir A.Shodmonovning hisobotini eshitayapmiz, deb xabar berdi Oliy Majlis Quyi palatasi deputati Rasul Kusherbayev.
«Vazirning bildirishicha, 2019-yilning 1-iyul sanasidan e’tiboran shifokorlarda toifa tizimiga barham berilib, ular litsenziyalashga o‘tilarkan. Bu bo‘yicha tegishli hujjat loyihasi tayyorlanmoqda ekan. Bu — tibbiyotchilar uchun qo‘shimcha to‘siq bo‘lmasligiga umid qilamiz», deydi Rasul Kusherbayev.
«Darvoqe, shu yil oxirigacha tibbiyot xodimlarini bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish bo‘yicha tartib joriy etilishi kutilmoqda. Ular yashash joyi bo‘yicha poliklinikalarda ko‘rikdan o‘tisharkan. Amaliyotda tibbiy xodimlar ham tibbiy ko‘rikdan haq to‘lash evaziga o‘tadi. Bu Mehnat kodeksi talablariga ziddir», deb yozadi deputat.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter