Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda 10 kishi bir yigitni o‘lgunicha kaltaklagani aytilmoqda. Rasmiy xabarda esa...

Samarqandda 10 kishi bir yigitni o‘lgunicha kaltaklagani aytilmoqda. Rasmiy xabarda esa...

Foto: «YANGILIKUZDA» kanali

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqandda 10 kishi bir yigitni o‘lgunicha kaltaklagani haqida xabarlar tarqaldi.

Hodisa yuzasidan «Xabar.uz» so‘roviga ko‘ra, Bosh prokuratura matbuot xizmati quyidagilarni ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, 2020-yilning 30-avgust kuni soat 11:00larda Oqdaryo tumani, Yangiravot-2 mahallasida yashovchi fuqaro O.Sirojov (1996-y.t., sudlanmagan, ishchi) tanishi Sh.Temirov (1993-y.t., sudlanmagan, ishsiz) bilan avtomashinalarida yo‘lovchi tashish masalasida o‘zaro janjallashib qolishadi.

Shu kuni soat 18:30larda O.Sirojov tanishi Sh.Temirovning yashash uyiga munosabatlarga aniqlik kiritish uchun borib, yakkama-yakka urishish orqali hal qilishga kelishishib, yaqin atrofdagi 36-sonli umumta’lim maktabining futbol maydoniga borishadi. Ular bir-biriga qo‘l va oyoqlari bilan tan jarohatlari yetkazishib, O.Sirojov qo‘li bilan Sh.Temirovning yuz sohasiga urgan vaqtida u yerga yiqilib xushidan ketgan.

Oqibatda, Sh.Temirovni olgan tan jarohatlari bilan shifoxonada vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan 2020-yil 30-avgustda tuman IIB tomonidan O.Sirojovga nisbatan JKning 104-moddasi 3-qismi «d» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan (u ushlangan).

P.S. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarda Sh.Temirovni bir necha kishi urib, o‘limiga sabab bo‘lgan bo‘lsada, ishtirokchilarning faqat bittasiga ish ochilganligi, qolganlar esa suvdan quruq chiqishayotgani haqida aytilmoqda. Rasmiy xabarda bunday ayblovlarga izoh berilmagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring