Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rasman: «Real» Xabi Alonsoni bosh murabbiy etib tayinladi

Rasman: «Real» Xabi Alonsoni bosh murabbiy etib tayinladi

«Real Madrid» 2025-yil 1-iyundan boshlab jamoani Xabi Alonso boshqarishi haqida rasman e’lon qildi. 43 yoshli mutaxassis klub bilan 2028-yil 30-iyungacha mo‘ljallangan uch yillik shartnoma imzoladi.

Alonso bu lavozimga Braziliya terma jamoasiga bosh murabbiylik qilish uchun jamoani tark etayotgan Karlo Anchelottining o‘rniga keldi.

Xabi Alonso «Bayer Leverkuzen» bilan tarixiy muvaffaqiyatlarga erishdi — klub Germaniya chempionligi, kubogi va Superkubogini qo‘lga kiritdi.

Alonsoning «Real»dagi ilk rasmiy o‘yini 18-iyun kuni Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati doirasida «Al-Hilol»ga qarshi kechadi.

Eslatib o‘tamiz, Xabi Alonso 2009–2014-yillar oralig‘ida futbolchi sifatida «Real Madrid» sharafini himoya qilgan va jamoa tarkibida 158 ta o‘yinda ishtirok etgan holda 6 ta sovrinni qo‘lga kiritgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring