Qurbon hayiti munosabati bilan imtihonlar boshqa kunga ko‘chirildi
Davlat test markazi o‘z rasmiy Telegram kanalida Qurbon hayiti munosabati bilan imtihonlar boshqa kunga ko‘chirilganini ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risida» 2019-yil 2- avgustdagi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 11avgust kuni o‘tkaziladigan test sinovlari quyidagi muddatlarga ko‘chirilganligi ma’lum qilinadi (abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan bino va soat o‘zgarmagan holda):
Qashqadaryo viloyatida - 12-avgust kuni;
Farg‘ona, Jizzax va Navoiy viloyatlarida - 13-avgust kuni;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Xorazm va Samarqand viloyatlarida - 14-avgust kuni;
Buxoro viloyatida – 15-avgust kuni o‘tkaziladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter