Ramazon oyi kirishi bo‘yicha O‘zbekiston musulmonlari idorasi xabar e’lon qildi
O‘zbekiston musulmonlari idorasida muborak Ramazon oyini munosib kutib olish hamda Islom dini tartib-qoidalari asosida oyni kuzatish bo‘yicha ishchi guruh o‘z faoliyatini olib bormoqda, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, taniqli ulamolar va malakali mutaxassislardan iborat ishchi guruh Ramazon oyi kirishini astronomik tahlillar hamda xorijiy davlatlardagi mutaxassislar bilan hamkorlikda kuzatib bormoqda. Jumladan, qo‘shni Qozog‘iston va Qirg‘iziston musulmonlari idoralari mutaxassislari bilan ham ushbu yo‘nalishda muloqotlar o‘tkazildi.
Kuzatish natijalarini O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashiga kiritiladi.
Ramazon oyining birinchi kuni haqidagi ma’lumotlar Ulamolar Kengashi tomonidan ko‘rib chiqiladi va tegishli xulosalar qabul qilinadi.
«Xabar.uz» manbasiga ko‘ra, Ramazon oyi kirishining aniq sanasi tez orada rasman ma’lum qilinadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter