«Radioaloqa, radioeshttirish va televideniye markazi» DUKning Kapital qurilish bo‘yicha direktori vafot etdi

20-iyul kuni «Radioaloqa, radioeshttirish va televideniye markazi» davlat unitar korxonasi Kapital qurilish bo‘yicha direktori Abduazizov Alisher Abdushukurovich olamdan o‘tdi. Bu haqda kompaniya rasmiy saytida xabar berildi.
Alisher Abduazizov 1961-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan.
Mehnat faoliyatini 1983-yilda boshlab, Aloqa va axborotlashtirish sohasidagi «O‘zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasi, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Respublika axborot-kutubxona markazi, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida turli rahbarlik lavozimlarda faoliyat olib borgan. Ayni kunga qadar «Radioaloqa, radioyeshittirish va televideniye markazi» Kapital qurilish bo‘yicha direktor lavozimida mehnat faoliyatini olib borayotgandi.
Xabarda marhum vafoti sababi ochiqlanmagan.
«Xabar.uz» marhumning yaqinlariga ta’ziya izhor etadi.
Eslatib o‘tamiz, bugun IIV podpolkovnigi Saydaliyev Zayir ham olamdan o‘tgandi. Ushbu amaldorning o‘limi sababi ham aytilmagandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter