Quyosh tizimidan juda olisda bo‘lgan koinot jismi aniqlandi
Karnegi institutidan Skott Sheppard, Shimoliy Arizona universiteti mas’ul xodimi Chad Trujillo hamda Gavai universitetidan Devid Tolin tomonidan yangi koinot jismi aniqlanib, unga «2015 TG387» nomi berildi. Bu haqda «Anado‘lu» axborot agentligi xabar bermoqda.
«Astronomical Journal» jurnalida yozilishicha, yangi kashfiyot Quyosh tizimidan juda olis superdunyo va X sayyorani tadqiq qilish asnosida kashf etilgan.
Plutondan ham juda yiroqda bo‘lgan «2015 TG387»ning Quyoshga uzoqligi Quyoshning markaziy nuqtasi bilan Yer orasidagi masofadan taxminan 80 marta uzoq ekan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter