Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qutqaruvchilarimiz Turkiyadagi vayronalar ostidan chiqargan jasadlar soni 50 nafarga yetdi

Qutqaruvchilarimiz Turkiyadagi vayronalar ostidan chiqargan jasadlar soni 50 nafarga yetdi

Foto: Time

O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi Turkiyadagi o‘zbekistonlik qutqaruvchilarning qidiruv-qutqaruv ishlari yuzasidan ma’lumot berdi.

Unda aytilishicha, Turkiyaning Hatay viloyatidagi qidiruv-qutqaruv jarayonlariga jalb etilgan qutqaruvchilarimizdan yangi ma’lumotlar kelib tushgan. Oxirgi soatlar mobaynida O‘zbekiston FVV xodimlari tomonidan halok bo‘lganlar vayronalar ostidan yana chiqarib olingan.

Qutqaruvchilarimiz vayronalar ostidan olgan jasadlarning umumiy soni 50 nafarga yetgan.

Bugun erta tongda O‘zbekistondan navbatdagi insonparvarlik yordami Hatayga yetkazilgan edi. Mazkur bortning ortga qaytishida vayronkor zilzilada jabrlangan O‘zbekistonning 11 nafar va Qirg‘izistonning 6 nafar fuqarosi Toshkentga evakuatsiya qilingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring