Qurbon hayiti munosabati bilan Shavkat Mirziyoyev nomiga qutlovlar kelmoqda
Qurbon hayiti munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar rahbarlari, taniqli siyosiy, jamoat va din arboblaridan samimiy qutlovlar kelmoqda.
Ularda davlatimiz rahbari va O‘zbekistonning ko‘p millatli xalqiga farovonlik, tinchlik-osoyishtalik va ravnaq, umumiy global xatarlarni tez fursatda yengib o‘tish tilaklari izhor etilgan.
Quyidagilar o‘z tabriklarini yo‘llagan:
Qozog‘iston Respublikasining Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyev;
Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev;
Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sooronbay Jeenbekov;
Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon;
Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov;
Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti Ashraf G‘ani;
Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an;
Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev;
Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti shayx Xalifa bin Zoid Ol Nahayon;
Birlashgan Arab Amirliklari Vitse-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay Amirligi hokimi shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum;
Birlashgan Arab Amirliklari Qurolli kuchlari Bosh qo‘mondoni o‘rinbosari shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon;
Eron Islom Respublikasi Prezidenti Hasan Ruhoniy;
Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi;
Yaman Respublikasi Prezidenti Abdurabbu Mansur Hodiy;
Falastin Prezidenti Mahmud Abbos;
O‘mon Sultoni Haysam bin Toriq Ol Said;
Kavkaz musulmonlari idorasi raisi Ollohshukur Poshshozoda;
Islom hamkorligi tashkiloti bosh kotibi Yusuf al Usaymin;
Islom taraqqiyot banki guruhi prezidenti Bandar Hajar;
Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha Islom tashkiloti bosh direktori Salim al Malik.
Qutlovlar kelishi davom etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter