Quddusning eski shahar qismida otishma sodir bo‘ldi
Quddusning Eski shahar qismidagi politsiya bo‘limida otishma sodir bo‘ldi, gumonlanuvchi yo‘q qilindi, deb yozadi The Jerusalim Post gazetasi.
Gazetaning yozishicha, hujum oqibatida bir necha kishi jarohatlangan. Qurbonlar haqida ma’lumotlar yo‘q. Voqeadan keyin Eski shahar darvozalari yopildi.
Bundan tashqari Isroil politsiyasiga ko‘ra, hududga katta miqdorda huquq-tartibot kuchlari kiritilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 7-oktyabr kuni HAMAS guruhining Isroil hududlariga hujumlaridan so‘ng, G‘azoda vaziyat keskinlashdi. Isroil o‘z navbatida Falastin hududlarini bombalashga kirishdi. Ikki tomondan halok bo‘lganlar soni 3 ming kishidan oshib ketgani xabar qilingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter