QQS stavkasi 20 foizdan 15 foizgacha tushiriladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlik sub’yektlarini yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida QQS stavkasini amaldagi 20 foizdan 15 foizgacha tushirish to‘g‘risidagi qarorini imzolagan. Bu haqda dastlab tadbirkor Zafar Hoshimov xabar tarqatdi.
Yangi soliq stavkasi 1-oktyabr kunidan amal qilishi aytilmoqda.
Soha mutaxassislari bilan bog‘langanimizda ham ular bu ma’lumotni tasdiqladi. Tez orada Davlat soliq qo‘mitasi bu haqda batafsil ma’lumot e’lon qilishi kutilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter