Qozog‘istondan bug‘doy keltirishni va’da qilib, sherigini 23 ming 800 dollarga «tushirgan» fuqaro ushlandi
2019-yil 29-avgust kuni Toshkent shahrining Yunusobod tuman IIO FMBdan tushgan hujjatlarga ko‘ra, shu yil 10 yanvar kuni Yakkasaroy tumanida yashovchi 27 yoshli B.A. Uchtepa tumanida yashovchi 34 yoshli M.N.ga Qozog‘iston Respublikasidan bug‘doy mahsulotini olib kelib berishini aytgan.
So‘ngra undan 23800 AQSh dollarini olib bergan va’dasini bajarmay pullarni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan, deyiladi hujjatlarda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasiga ko‘ra, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter