Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘istondagi namoyishlar bo‘yicha hukumat komissiyasi tuzildi

Qozog‘istondagi namoyishlar bo‘yicha hukumat komissiyasi tuzildi

Zakon.kz

Qozog‘istonda suyultirilgan gaz narxini pasaytirish bo‘yicha hukumat komissiyasi tuzildi. Bu haqda Zakon.kz xabar qildi. 

Ayni paytda prezident Qosim-Jomart To‘qayev topshirig‘iga ko‘ra bosh vazir tomonidan tuzilgan hukumat komissiyasi viloyatga yetib kelgan va o‘z ishini boshlagan.

Hukumat komissiyasi suyultirilgan gaz narxini pasaytirish talabida bo‘lgan namoyishchilar bilan yig‘ilish o‘tkazmoqda. Ishtirokchilar vaziyatni hal qilish, jumladan, jamoat xavfsizligini saqlash imkoniyatlarini muhokama qilishmoqda.

Yig‘ilishda bosh vazir o‘rinbosari Yerali Tug‘janov raisligida prezident administratsiyasi, energetika vazirligi, raqobatni himoya qilish va rivojlantirish agentligi, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, «Kazmunaygaz» AJ va boshqa manfaatdor tomonlar vakillari ishtirok etmoqda.

Komissiya barcha tomonlarni qanoatlantiradigan o‘zaro maqbul yechim topish uchun dolzarb masalalarni har tomonlama va tizimli ravishda ko‘rib chiqishni rejalashtirgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring