Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘istonda qurbonlar xotirasiga bir daqiqa sukut saqlandi

Qozog‘istonda qurbonlar xotirasiga bir daqiqa sukut saqlandi

Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasining chegara xizmatiga tegishli bo‘lgan An-26 samolyotining qulashi natijasida halok bo‘lgan to‘rt kishi xotirasiga bugun Olmaota viloyatining Boralday qishlog‘ida harbiy sharaflash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Qurbonlarni ko‘mish joyiga yetkazish uchun Milliy xavfsizlik qo‘mitasining quruqlikdagi va havo kuchlaridan foydalanildi. Milliy xavfsizlik qo‘mitasi halok bo‘lgan va jarohat olgan harbiy xizmatchilarning qarindoshlari va yaqinlariga kerakli yordamni ko‘rsatishi ma’lum qilindi.

Xizmat vazifasini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan harbiylar xotirasiga Milliy xavfsizlik qo‘mitasi idoralarida soat 17:22da bayroqlar tushirildi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring