Qozog‘istondagi AESni «Rosatom» quradi

Qozog‘istonda AES qurish bo‘yicha tanlovda «Rosatom» kompaniyasi g‘olib bo‘ldi, bu haqda 14 iyun kuni Qozog‘iston atom energiyasi agentligi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Xabarda aytilishicha, tanlov doirasida «Rosatom» (Rossiya), «Électricité de France» (Fransiya), «Korea Hydro & Nuclear Power» (Koreya Respublikasi) va «China National Nuclear Corporation» (Xitoy) kompaniyalarining reaktor texnologiyalari ko‘rib chiqilib, orasidan eng maqbuli tanlangan.
Hozirda «Rosatom» taklifi bo‘yicha muzokaralar boshlangan. Loyihani Rossiya tomonidan ham moliyalashtirish imkoniyatlari o‘rganilmoqda, deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, atom energiyasi agentligi Qozog‘istonda atom elektr stansiyalarini qurish bo‘yicha boshqa xalqaro kompaniyalar bilan ham ishlashda davom etadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter