Qozog‘iston prezidentining O‘zbekistonga tashrifi yakunlandi
Qozog‘iston Respublikasi Prezidentining mamlakatimizga tashrifi yakunlandi.
Ko‘hna Xiva shahrida o‘tgan oliy darajadagi tadbirlar doirasida Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Qasim-Jo‘mart To‘qayev ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qildilar, mintaqaviy ahamiyatga molik jihatlar yuzasidan fikr almashdilar.
«Xiva gilamlari» kombinati faoliyati, yurtimizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar ko‘rgazmasi bilan tanishildi.
Xiva shahridagi Ichan-qal’a majmuasining tarixiy obidalari va Nurillaboy saroyi ziyorat qilindi.
Urganch xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Prezidentimiz kuzatib qo‘ydi. So‘ng davlatimiz rahbari Toshkentga jo‘nab ketdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter