Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘iston chegarasida ushlangan shaxs o‘zbekistonlik ekani tasdiqlanmadi

Qozog‘iston chegarasida ushlangan shaxs o‘zbekistonlik ekani tasdiqlanmadi

Qozog‘iston chegarasida O‘zbekistonga o‘tmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olingani xabar berilgandi.

Ushbu shaxs 17-yanvar kuni Turkiston viloyati (Qozog‘iston Respublikasi) «Jibek joli» o‘tish punktida ushlangan. 

O‘zbekiston Respublikasining Olma-ota shahridagi Bosh konsulxonasi tomonidan Qozog‘iston Respublikasi Milliy xavfsizlik qo‘mitasi matbuot xizmatidan olingan ma’lumotga ko‘ra, qo‘lga olingan shaxs O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi emas.

Mazkur holat yuzasidan tegishli axborot Qozog‘iston Respublikasi Milliy xavfsizlik qo‘mitasining veb-saytida joylashtirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring