Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qo‘shrabotdagi o‘quvchilar uchun maktab avtobuslari yo‘lga qo‘yildi

Qo‘shrabotdagi o‘quvchilar uchun maktab avtobuslari yo‘lga qo‘yildi

Prezident topshirig‘iga binoan, Qo‘shrabot tumanidagi o‘quvchilar uchun 17 ta yangi maktab-avtobusi taqdim etildi.

Bu haqda Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, avtobuslar tumandagi 20 ta olis maktabda tahsil olayotgan 750 nafardan ziyod o‘quvchiga xavfsiz va qulay tarzda o‘z sinfxonalariga yetib borish imkonini beradi.

Mirziyoyeva, shuningdek, Samarqanddagi 71-maktabda ham bo‘lgan va maktabni a’lo baholarga bitirgan o‘quvchilarga oltin medallarni topshirgan.

«Biz har bir bola, qayerda yashashidan qat’iy nazar, sifatli, zamonaviy va munosib ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘lishini juda istaymiz hamda bunga erishish uchun barcha sa’y-harakatlarimizni  yo‘naltiramiz», – deydi Saida Mirziyoyeva. 

Ma’lumot uchun, o‘tgan yili mazkur maktabning barcha bitiruvchilari oliy o‘quv yurtlari imtihonidan o‘tib, talabalikka qabul qilingan.

Manba: t.me

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring