Qo‘shimcha dam olish kunlari to‘g‘risidagi farmon loyihasi e’lon qilindi

2021-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risidagi farmon loyihasi muhokamaga qo‘yildi.
Hujjatda 2021-yilda quyidagi qo‘shimcha dam olish kunlarini belgilash taklif etilmoqda:
- 2-sentyabr — payshanba;
- 3-sentyabr — juma.
Shuningdek, 2021-yilda dam olish kuni 27-mart — shanba, 22-mart — dushanba kuniga ko‘chirish ko‘zda tutilgan.
Bundan tashqari, 2021-yil 2-yanvar — shanba, 4-sentyabr — shanba va 22-mart — dushanba kunlari barcha xodimlar uchun ish haftasining turidan qat’i nazar, dam olish kuni deb hisoblash taklif etilgan.
Loyihada belgilanishicha, budjet tashkilotlarida qo‘shimcha dam olish kunlari har yilgi mehnat ta’tilining davomiyligini ikki ish kuniga qisqartirish hisobiga qoplanadi. Har yillik mehnat ta’tilining davomiyligi qisqartirish hisobga olingan holda o‘n besh ish kunidan kam bo‘lmasligi kerak.
Farmon loyihasi muhokamasi 28-oktyabrgacha davom etadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter