Qo‘rg‘ontepalik 17 yoshli «haker» begona kartadan 1 mln so‘mga yaqin pulni yechib oldi
Qarshi shahrida yashovchi O.A. ichki ishlarga arz qildi. Aytishicha, unga qarashli bank kartasidan noma’lum shaxs bir million so‘mga yaqin pulni yechib olgan.
Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida noma’lum shaxs fosh etildi: kartadagi pulni Andijon viloyatining Qo‘rg‘ontepa tumanida yashovchi, muqaddam shu turdagi jinoyatlar bilan sudlangan M.U. (2006-y.t.) yechib olgan ekan.
M.U.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter