Alisher Qurbonov: «Qoraqalpog‘istonda qolishimga Prezident bergan «Kaptiva» sabab emas»
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘tgan yilning 15-16-dekabr kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrifi doirasida Germaniyada 11 yil davomida o‘qib, ishlagan fan doktori Alisher Qurbonovga «Kaptiva» avtomobilini sovg‘a qilgan edi.
«Kruz.uz» sayti muxbiri Qorao‘zak tumanidagi «Panayev farms» fermasiga tashrif buyurib, Alisher Qurbonov bilan suhbatlashdi.
— Germaniyada 11 yil davomida ham o‘qib, ham ishladim. Dissertatsiyamni nemis tilida yoqladim. O‘tgan yili uyga dam olishga kelganimda, Qutlimurat aka (Panayev) shu yerda qolib, ishlashimni so‘radi. Buning uchun menga barcha zarur sharoitlarni yaratib berdi, — deydi fan doktori. — Biroq men bitta joyda uzoq vaqt qolib ketsam, ancha qiynalaman. Doimiy harakatda bo‘lishga o‘rgangan edim. Shu bois 19-dekabr kuni yana Germaniyaga ketishga qaror qildim va 6 oy ishlab, keyin fermaga qaytmoqchi edim. Lekin 15-dekabr kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuv hayotimni butunlay o‘zgartirib yubordi. Menga «Kaptiva» avtomobilini sovg‘a qilishlari hatto tushimga ham kirmagandi. Prezident bilan uchrashuvdan so‘ng men Qoraqalpog‘istonda qolishim kerak ekanini tushundim. Yo‘q, bunga avtomobil sabab emas. Prezident ishonch bildirdimi, demak, uni oqlashim kerak. Xalqimga nafim tegishi lozim. Shundan so‘ng har kuni kamida 2-3 fermer fermamizga tashrif buyurib, ish jarayonlarimizni o‘rganmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter