Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qoraqalpog‘istonda OAV xodimlariga bosim o‘tkazilgani inkor qilindi

Qoraqalpog‘istonda OAV xodimlariga bosim o‘tkazilgani inkor qilindi

Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Musa Yerniyazovning go‘yoki vafot etgani haqida asossiz xabarlar tarqalishi ortidan qator mahalliy jurnalist va blogerlar prokuratura organining bosimi ostida qolganiga xabarlar tarqagandi.

Qoraqalpog‘iston respublikasi prokuraturasi tarqalgan axborotlar yuzasidan ma’lumot berdi. Unda shunday deyiladi: «Xabaringiz bor, so‘nggi kunlarda ijtimoiy saytlar va ommaviy axborot vositalarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kenesi raisi M. Yerniyazov bilan bog‘liq noto‘g‘ri va asossiz xabarlar tarqalishi, mazkur noxolis axborotlarni tarqatgan manbani aniqlash maqsadida prokuratura organlari tomonidan amalga oshirilgan o‘rganish ishlari keng muhokama qilinmoqda.

El nazarida bo‘lgan har qanday kishi bilan bog‘liq ma’lumotlar keng jamoatchilik orasida tezda dolzarb muhokamalarga sabab bo‘lishi hech kimga sir emas. Ayniqsa, bunday axborot uning hayoti yoki salomatligi bilan bog‘liq bo‘lsa, u holda bu holat yanada ko‘proq fikr almashinishlarga olib keladi. Bunday vaziyat u insonning oilasi, mehnat jamoasi, bilgan yaqinlarida turli salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Shu bois, bunday uydirma xabarlar kim tomonidan tarqatilganini aniqlash maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi mas’ul shaxslari tomonidan «Makan.uz» cayti muharriri L.Kallixanova, «kruz.uz» sayti muharriri I.Yusupov, «kar24.uz» sayti muharriri Q.Begniyazovalar bilan profilaktik suhbat o‘tkazildi. Profilaktik suhbat chog‘ida prokuror yoki ichki ishlar xodimlari tomonidan jurnalistlarga hech qanday bosim yoki tazyiq o‘tkazilmagan».

«...Hozirgi vaqtda M.Yerniyazov shaxsiga taalluqli noto‘g‘ri ma’lumotlar tarqatilishi yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligida surishtiruv ishlari olib borilmoqda» deyiladi tarqatilgan xabarda...

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring