Qoraqalpog‘istonda 7 ta AYoQSh past oktanli benzinni «92» deb sotib kelgan
Raqobat qo‘mitasi «O‘zenergoinspeksiya»ning Qoraqalpog‘iston boshqarmasi bilan hamkorlikda aholini sifatli benzin mahsulotlari bilan ta’minlash maqsadida joylarda yoqilg‘i mahsulotlarining sifatini o‘rganish bo‘yicha nazorat tadbirini o‘tkazdi.
O‘rganishlarda Qoraqalpog‘iston Respublikasida ish yurituvchi «Rafs» SIChK, «Ruxshona Hamid» MChJ, «Suvinshoatgazqurilish» XK, «Imkon-hamkor» XK, «Ruslan» FX, «To‘rtko‘lli bunyod oyl» MChJ hamda «Gulnora gaz servis» MChJlarga qarashli AYoQShlarda qator qonunbuzarliklar aniqlangan.
Ushbu yonilg‘i quyish shoxobchalaridan benzin mahsulotlari xarid qilinib, belgilangan tartibda tegishli laboratoriyalarga taqdim etilganida ularning sifatsizligi ma’lum bo‘lgan.
«Laboratoriya xulosasida yonilg‘i quyish shoxobchalaridan namuna olingan AI-92 benzinning tarkibidagi oktanning normativ hujjat talabiga ko‘ra 92,0 bo‘lishi kerakligi, lekin tekshirish natijasida ushbu ko‘rsatkich shoxobchalardan olingan namuna yoqilg‘i mahsulotlarida 90 ga ham yetmaganligi, O‘zDst 3031:2015 1-1-bandi talabiga javob bermasligi haqida xulosa qilingan», – deyiladi xabarda.
Qo‘mita 2023-yil AI-92 markali sifatsiz jami 26 ming litrdan ziyod avtobenzin sotilganligi, buning natijasida iste’molchilarga jami 277 mln so‘m zarar yetkazilganligini ma’lum qildi.
O‘tkazilgan tekshirish natijalari bo‘yicha holat yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda ish qo‘zg‘atilib, qaror, ko‘rsatmalar berildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter