Qonli seshanba: 29 kishi halok bo‘ldi, 42 kishi yaralandi
Ekvadorda mamlakat g‘arbidagi Guayakil shahrida joylashgan qamoqxonada sodir bo‘lgan otishmalar oqibatida kamida 29 kishi halok bo‘ldi, 42 kishi yaralandi.
Bu haqda TASS agentligi Lotin Amerikasi shtati Bosh prokuraturasiga asoslanib ma’lum qildi.
«Bosh prokuratura 28-sentyabr kuni tushdan keyin Guayakildagi Litoral qamoqxonasida sodir bo‘lgan to‘qnashuvlar paytida 29 mahbusning o‘limi bo‘yicha tergov boshladi. Shuningdek, 42 mahbus yaralangani haqida ma’lumotlar bor», — deyiladi prokuratura xabarida.
Avvalroq, mahalliy OAV otishmada 24 kishi qurbon bo‘lgani haqida xabar bergan edi.
Rasmiylarga ko‘ra, voqeaga qamoqxonadagi turli to‘da vakillari o‘rtasidagi ziddiyat sabab bo‘lgan. Hozirgi vaqtda barcha tartibsizliklar bartaraf etilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter