Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qochoq ayol Kim Chen Inning «harami» haqida so‘zlab berdi

Qochoq ayol Kim Chen Inning «harami» haqida so‘zlab berdi

Foto: AFP / Getty Image

Shimoliy Koreya diktatori Kim Chen Inning «harami» — «ko‘ngilochar guruh»ga har yili 25 nafar bokira qiz tanlab olinadi. KXDRdan qochib ketgan Pak Yonmi bu haqda so‘zlab berdi, deya yozmoqda Daily Star.

Tanlov mezonlari — tashqi ko‘rinish va siyosiy sadoqat, talabga mos qizlar hatto maktab o‘quvchilari ham bo‘lishi mumkin. Tibbiy ko‘rik o‘tkazilgan bokira va nuqsonlardan xoli qizlar poytaxtga jo‘natiladi.

«Chiroyli qizlarni topishlari bilan, birinchi navbatda, ularning oilaviy ahvoli va siyosiy maqomini tekshirishadi. Oila a’zolaridan biri Janubiy Koreyaga yoki boshqa mamlakatlarga qochib ketgan qizlar o‘z-o‘zidan ro‘yxatdan olib tashlanadi», — dedi Yonmi.

Pak Yonmi. Foto: YouTube

Bu qizlarning vazifasi diktatorning ko‘nglini ovlash — u yosh ayollar bilan yaqinlik barhayotlik baxsh etishiga ishonadi.

«Ko‘ngilochar guruh»ga 1970-yillarda Kim Chen Ir otasi Kim Ir Senning qalbini zabt etish uchun asos solgan.

«Kim Ir Sen boradigan kurortlarga u eng chiroyli chiroyli ayollarni tanlab olib, oldindan jo‘natib yuborgan. Kim Ir Sen o‘g‘lining bu e’tiboridan bag‘oyat to‘lqinlanib ketganidan, keyinchalik vorislikni unga topshirgan», — qo‘shimcha qildi qochoq ayol. Oxir-oqibat «Ko‘ngilochar guruh» Kimlar oilasi merosiga aylandi.

«Kim Ir Sen eski davr odam edi, bu ayollarga munosabatida ham ko‘rinadi, unga Pochonbo Electronic Ensemble deya nomlangan guruh xizmat ko‘rsatgan. Kim Chen Ir davrida guruh nomi Wangjaesan Light Music Bandga o‘zgargan», — dedi ayol.

Guruhdagi qizlar kichik guruhlarga taqsimlangan: kimlardir musiqa va raqs ijro etsa, ayrimlari massajchilar bo‘lgan, yana ba’zilari jinsiy yaqinlikka jalb etilgan.

Pakning aytishicha, guruh hozir ham bor: qizlar Kim Chen Inning ko‘nglini ovlash bilan band, qolaversa, endi zobitlar va quyi lavozimlardagi siyosatchilarga xizmat qiluvchi qizlar ham bor. Yigirmaga to‘lgan qizlarning aksariyati dohiyning tansoqchilariga erga berib yuboriladi.

Mamlakatning o‘ta qashshoqlikda kun kechirayotgan oilalari ochdan o‘lmaslik uchun qizlaridan voz kechishga majbur, dedi Pak Yonmi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring