Qizlar davrasidagi dohiy va Trampdan medal olgan it (foto)
01.12.2019 18:51
0
4567
Foto: «KCNA/AP»
Xabar.uz’da hafta voqealari suratlarda berib o‘tiladi. Quyida zobit qizlar davrasidagi dohiy, dorbozning qaltis tomoshasi, turli davlatlardagi tartibsizliklar va prezident Trampdan medal olgan it haqida fotolar bilan tanishib olishingiz mumkin.
«Kim oladi-yo, shuginani-yo!». Prezident Donald Tramp caylovoldi uchrashuvida tarafdorlariga shlyapasini tortiq qilmoqda. Florida, AQSh. Foto: «AP»«Bu ko‘zlar neni ko‘zlar?!» Mirshab namoyishchilarni sergaklik bilan kuzatmoqda. Hongkong. Foto: «AFP»«Kimga aza, kimga maza». Mashhur avliyo Mark maydoni suv ostida qoldi. Tabiiy ofatdan Italiya millionlab yevro zarar ko‘rdi. Venetsiya, Italiya. Foto: «AFP»«Kutilmagan baxt». Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In mamlakat armiyasi ayollar bo‘linmasiga qadam ranjida ayladi. Foto: «KCNA/AP»«Ishonch ko‘priklari buzilsa...» Norozilik namoyishi qatnashchisi qo‘lbola qurolda xavfsizlik kuchlariga «o‘t ochmoqda». Bir necha haftadan buyon davom etayotgani aksilhukumat namoyishlarida 340 kishi halok bo‘ldi, minglab inson jarohatlandi. Bag‘dod, Iroq. Foto: «AFP».«Titrayotgan ona sayyora». Dahshatli zilzila 21 kishini hayotdan olib ketdi, o‘nlab uylarni vayron qildi. Durres, Albaniya. Foto: «EPA»«Yonayotgan umid». Norozilik namoyishidan lavha. Santyago, Chili. Foto: «Reuters»«Yo hayot, yo mamot!» Dorboz 150 metr balandda qaltis tomosha ko‘rsatayotir. Parij, Fransiya. Foto: «AFP»«Futbol bilan nafas olayotgan o‘lka». Nufuzli «Libertadores» kubogini qo‘lga kiritgan «Flamengo» futbol jamoasi muxlislar tomonidan izzat-hurmat ila qarshi olindi. Rio-de-Janeyro, Braziliya. Foto: «AP»«Itning yaxshisi – tozi». «Islom davlati» terrorchi guruhi rahbari Abu Bakr al-Bag‘dodiyni yo‘q qilish operatsiyasida qatnashgan «Sonan» laqabli ko‘ppak. Jonivor qahramonligi uchun AQSh rahbari tomonidan medal bilan taqdirlandi. Vashington, AQSh. Foto: «Getty»
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter