Qizining niqobida qochishga uringan narkabaron qamoqxonada o‘lik holda topildi (video)
Rio-de-Janeyroda mahalliy narkobaron qizi niqobi ostida turmadan qochishga uringani haqida xabar berilgandi. U ushbu voqeadan uch kun o‘tib o‘z kamerasida o‘lik holda topildi. Bu haqda «Meduza» xabar berdi.
Qamoqxona ma’muriyatining ma’lum qilishicha, 43 yoshli da Silva o‘z joniga qasd qilgan.
Klauvino da Silva o‘sha kuni uni ko‘rishga kelgan 19 yoshli qizining ko‘rinishiga kirishga uringan: bunda silikon niqob, yasama soch va qizining pushti kiyimidan foydalangan.
Biroq da Silvaning rejasi amalga oshmay qo‘lga tushgandi. Klauvinu da Silva giyohvand moddalar savdosi uchun 73 yil 10 oyga ozodlikdan mahrum etilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter