Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qizil kartochka ko‘rsatilgan futbolchi hujumidan so‘ng meksikalik hakam shifoxonada vafot etdi

Qizil kartochka ko‘rsatilgan futbolchi hujumidan so‘ng meksikalik hakam shifoxonada vafot etdi

Qizil kartochka olgan futbolchi hakamga tashlandi.

Foto: «TV Sentr»

Meksikalik hakam Xose Valdemar Ernandes Kapetilo shifoxonada jon taslim qildi. Uning o‘limiga o‘ziga ko‘rsatilgan qizil kartochkadan so‘ng hakamga tashlangan havaskor futbolchi sababchi bo‘ldi.

24-dekabr kuni hakam miyasidagi og‘ir jarohatlar bilan shifoxonaga yetkazilgan edi. U bir hafta davomida koma holatida hayot uchun kurashdi. Meksika futbol hakamlari assotsiatsiyasi prezidenti Valentin Ramires ushbu holat jiddiy ko‘rib chiqilishi va adolat qaror topishi kerakligini ta’kidladi.

Mahalliy OAVlarda tarqatilgan xabarlarga ko‘ra, hakamga hujum qilgan futbolchining ismi Milton. U «Gvadalaxara» klubi sharafini himoya qiladi. Hozirda futbolchi hibsda saqlanmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring