Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sirdaryolik otaning bedarak yo‘qolgan qizi va uning tanishi topildi

Sirdaryolik otaning bedarak yo‘qolgan qizi va uning tanishi topildi

Shu yil 17-avgust kuni Sirdaryo viloyatining Guliston tumanida yashovchi B.J.ning birga yashovchi qizi M.Q. tanishi F.T. bilan uchrashib, noma’lum tomonga ketib bedarak yo‘qolgani va ular qidiruvga berilgani haqida xabar qilgandik.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi ma’lum qilishicha, mazkur holat yuzasidan yurtdoshlarimizning bergan xabarlari va olib borilgan qidiruv-surishtiruv ishlari natijasida M.Q. va F.T. sog‘-salomat topilgan.

«O‘z navbatida, boshqalar taqdiriga befarq bo‘lmay, ichki ishlar organlari xodimlariga bilgan ma’lumotlari haqida xabar bergan yurtdoshlarimizga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz», deyiladi IIV xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring