«Qirol bilan vidolashuv» — Braziliyada 3 kunlik motam e’lon qilindi
Braziliyada futbol afsonasi Pelening vafoti munosabati bilan uch kunlik motam e’lon qilindi.
Eslatib o‘tamiz, 3 karra jahon chempioni Pele kecha, 29 dekabr kuni 82 yoshida vafot etdi.
«Futbol qiroli» 2021-yil sentyabr oyida saraton o‘smasini olib tashlash uchun jarrohlik stoliga yotqizilgandi. Shundan so‘ng ham saraton chekinmadi, kimyoviy va boshqa muolajalar ko‘rsatish uchun u bir necha marta shifoxonaga keltirildi. Dekabrning 22-sanasida shifokorlar unda saraton o‘sishda davom etganini, shuningdek, yurak va buyrak disfunksiyasi tashxisi qo‘yilganini ma’lum qilishdi.
Edson Arantis du Nasimentu Pele (23.10.1940 — 29.12.2022) — uch marta jahon chempioni (1958, 1962, 1970), Braziliya terma jamoasida 92 o‘yin o‘tkazib, 77 ta gol urgan. FIFA uni argentinalik Diyego Maradona bilan birgalikda XX asrning eng yaxshi futbolchisi deb topgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter