Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qirg‘izistonda 202 nafar amaldor ishdan olinadi

Qirg‘izistonda 202 nafar amaldor ishdan olinadi

Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi kriminal avtoritetlar — Qamchi Ko‘lboyev va Raimbek Matraimovga aloqador 202 nafar mansabdor shaxsni aniqladi. Bu haqda Davlat qo‘mitasi raisi Qamchibek Tashiyev ma’lum qildi.

Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbarining so‘zlariga ko‘ra, uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash yanada kuchaytiriladi.

Qamchi Ko‘lboyev va Raimbek Matraimovlar bilan u yoki bu tarzda aloqador bo‘lgan mansabdor shaxslar ham javobgarlikka tortiladi.

«So‘nggi paytlarda uyushgan jinoiy guruhlarga aloqador bo‘lgan, qonunbuzarliklarga yo‘l qo‘ygan bir qator davlat xizmatchilarini aniqladik. Jumladan, Raimbek Matraimovga aloqador 92 nafar mansabdor shaxs, Ko‘lboyevga aloqador 60 nafar amaldor borligi ayon bo‘ldi. Bundan tashqari, bojxona xizmatining 50 nafar xodimini fosh qildik. Shunday qilib, 202 nafar davlat xizmatchisi jinoyatchilik, uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga aloqadorligi uchun xizmatidan chetlashtiriladi», dedi Qamchibek Tashiyev.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring