Qirg‘iziston va Tojikiston 28 kmdan ortiq davlat chegarasi bo‘yicha kelishib oldi
Qirg‘iziston va Tojikiston 28 kmdan ortiq davlat chegarasi bo‘yicha kelishib oldi, deb xabar berdi Kazinform agentligi.
Qirg‘iz Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ma’lumotlariga ko‘ra, 24–29-mart kunlari Botken shahrida Qirg‘iziston va Tojikiston hukumat delegatsiyalarining Qirg‘iziston-Tojikiston davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo‘yicha huquqiy masalalar bo‘yicha topografik ishchi guruhlari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda topografik ishchi guruhlar Qirg‘iziston-Tojikiston davlat chegarasining 28,37 km qismi bo‘yicha kelishib oldilar
Eslatib o‘tamiz, Tojikiston va Qirg‘iziston 970 km uzunlikdagi umumiy chegaraga ega. Tomonlarning uchrashuvlari bir-birining hududida navbatma-navbat o‘tkaziladi.
2023-yil oktyabr oyidan hozirgacha ikki davlat hukumatlari Qirg‘iziston-Tojikiston chegarasining 212 kilometrdan ortiq qismini kelishib olgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter