Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bishkekda 1,6 mlrd dollarlik hujjatlar imzolanadigan «Qirg‘iziston-O‘zbekiston» biznes-forumi ochildi

Bishkekda 1,6 mlrd dollarlik hujjatlar imzolanadigan «Qirg‘iziston-O‘zbekiston» biznes-forumi ochildi

Bishkekda mamlakatga O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashrifi oldidan qator hujjatlar imzolanishi aytilayotgan «Qirg‘iziston-O‘zbekiston» biznes-forumi ochildi.

Forum avvalida Vazirlar Mahkamasi Raisi – Qirg‘iziston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Oqilbek Japarov yig‘ilganlarga tabrik so‘zi bilan murojaat qildi.

U mamlakatlar o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlari yuqori darajada ekanini ta’kidladi.

«Mamlakatlarimiz keng qamrovli savdo-iqtisodiy hamkorlikka erishish uchun boy salohiyatga ega ekanligini ta’kidlamoqchiman. Umid qilamanki, forum samarali bo‘lib, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi to‘laqonli hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Ishonchim komilki, erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishi yaqin kelajakda ikki davlatning savdo-iqtisodiy ko‘rsatkichlariga ta’sir qiladi», — dedi Oqilbek Japarov.

Biznes-forum O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning davlat tashrifi doirasida o‘tkazilmoqda. Forum doirasida 1,6 mlrd. dollarlik 10 dan ortiq hujjat imzolanishi kutilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring