Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qirg‘iziston elchixonasining yangi binosi ochildi

Qirg‘iziston elchixonasining yangi binosi ochildi

Qirg‘iz Respublikasi Vazirlar Mahkamasi raisi – Prezident administratsiyasi rahbari Aqilbek Japarovning O‘zbekiston Respublikasiga tashrifi doirasida Qirg‘izistonning Toshkent shahridagi elchixonasi yangi binosining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ikki mamlakat Bosh vazirlari ramziy tasmani kesib, Qirg‘iziston diplomatik vakolatxonasi binosini ochib berdilar. Elchixonada diplomatlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar.

Shuningdek, Abdulla Aripov va Aqilbek Japarov mamlakatlarimiz va qardosh xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik munosabatlarini mustahkamlashga intilish ramzi sifatida ikki tup daraxt ekdilar. Elchixona Faxriy mehmonlar kitobiga o‘z tilaklarini yozib qoldirdilar.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring