Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qibrayning bir qismi Toshkent shahriga o‘tdi

Qibrayning bir qismi Toshkent shahriga o‘tdi

Foto: Xabar.uz

Toshkent viloyatining Qibray tumanidan Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumaniga o‘tgan ijtimoiy ob’yektlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.

M.Ulug‘bek tumaniga jami 2294,6 gektar shundan 1002,6 gektar qishloq xo‘jaligi yer maydonlari o‘tgan.

Bundan tashqari quyidagi ob’yektlarning M.Ulug‘bek tumaniga o‘tkazilishi ta’minlangan:

  • Mahallar soni - 13 ta;
  • Yakka tartibdagi turar joylar - 9137 ta;
  • Noturar joylar - 428 ta;
  • Maktablar - 2 ta;
  • Maktabgacha ta’lim muassasalari - 4 ta;
  • Diniy muassasalar - 1 ta;
  • Qabristonlar - 2 ta;
  • Tibbiy muassasalar - 1 ta.

Qibray tumanidan M.Ulug‘bek tumaniga o‘tayotgan aholining doimiy yashash manzili Toshkent shahri M.Ulug‘bek tumani etib belgilanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring