Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qaysi mamlakatlar eng ko‘p po‘lat ishlab chiqarishi ma’lum bo‘ldi

Qaysi mamlakatlar eng ko‘p po‘lat ishlab chiqarishi ma’lum bo‘ldi

Foto: «Metalinfo»

«ParsToday» dunyoning po‘lat ishlab chiqarishda yetakchi mamlakatlarini ma’lum qildi.

Butunjahon po‘lat assotsiatsiyasining 2021-yil yanvar oyi boshidan dekabr oyi oxirigacha qamrab olingan so‘nggi hisobotiga ko‘ra, Xitoy 1 milliard 32 million 800 ming tonna mahsulot ishlab chiqarib, dunyoda mutlaq yetakchi bo‘lib turibdi.

Yetakchi beshlikda — Hindiston (118 million 100 ming tonna), Yaponiya (96 million 300 ming tonna), AQSh (86 million tonna), Rossiya (76 million tonna).

Yetakchi o‘nlikda — Janubiy Koreya (70 million 600 ming), Turkiya (40 million 400 ming tonna), Germaniya (40 million 100 ming tonna), Braziliya (36 million tonna), Eron (28 million 500 ming tonna).

2021-yil davomida dunyo bo‘yicha 1,911 milliard 900 ming tonna xom po‘lat ishlab chiqarilgan, bu 2020-yilga nisbatan o‘sish 3,6 foiz ekanini ko‘rsatadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring