Qashqadaryoda bir tonna yaroqsiz go‘sht to‘xtatib qolindi
Qashqadaryo viloyatidagi «Umakay» postida haydovchi iste’molga yaroqsiz salkam 1 tonna go‘sht olib ketayotgani aniqlandi.
Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, «Umakay» yo‘l-patrul xizmati maskanida «Nexia» avtomobili tekshirish uchun to‘xtatilgan. Haydovchi salkam bir tonna go‘shtni Toshkentga olib ketayotgan bo‘lgan.
Mashinada bo‘lgan go‘sht tekshirilganda uning iste’molga yaroqsiz ekani aniqlangan. Erkak, shuningdek, go‘sht o‘zining chorva moliga tegishli ekanini hamda u mahsulotni Toshkentdagi bozororda sotish uchun olib ketayotganini aytgan.
Mahsulot tegishli tartibda yo‘q qilingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter