Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qashqadaryoda tadbirkorlikka qancha pul va imtiyoz berilishi ma’lum qilindi

Qashqadaryoda tadbirkorlikka qancha pul va imtiyoz berilishi ma’lum qilindi

Foto: «Xabar.uz»

Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryoga qilgan safari davomida tadbirkorlikka beriladigan e’tibor haqida gapirdi.

— Nishon, Kitob, G‘uzor va Yakkabog‘ tumanlarining sanoat gaz tarmoqlari modernizatsiya qilinadi va ushbu hudud tadbirkorlari barqaror energiya bilan ta’minlanadi.

Ushbu maqsadlarga, davlat tomonidan 600 milliard so‘m ajratiladi. Shuningdek, Chiroqchi, Mirishkor, Dehqonobod va Shahrisabzda tadbirkorlik infratuzilmasi uchun, har yili qo‘shimcha 150 milliard so‘m ajratiladi.

Bundan tashqari, tadbirkorlarga 300 ta davlat ob’yektlari ochiq savdo orqali sotiladi, — dedi Mirziyoyev.

Shuningdek tadbirkorlik uchun quyidagi kredit va imtiyozlar ajratiladi:

– oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida, yiliga 1 trillion so‘m;

– kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘shimcha 100 million dollar;

– viloyatdagi tadbirkorlarga kredit foiz to‘lovlarini kompensatsiya qilishga,  qo‘shimcha 100 milliard so‘m ajratiladi.

Shuningdek, Chiroqchi, Dehqonobod, Kasbi, Mirishkor va Nishonda yangi tashkil etiladigan tadbirkorlik sub’yektlari uchun, 2025 yil 1 yanvarga qadar foyda solig‘i stavkasi 50 foizga pasaytiriladi hamda yer, mol-mulk, aylanmadan soliqlar to‘lashdan ozod etiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring