Qashqadaryoda yer qattiq silkindi
O‘zbekiston Respublikasi hududida bugun, 17 noyabr kuni mahalliy vaqt bilan 19:40 da zilzila sodir bo‘ldi.
FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabariga ko‘ra, epitsentr: Qashqadaryo viloyati, G‘uzor tumani.
Zilzila koordinatalari: 38,67 gradus shimoliy kenglik; 66,33 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=3,8. Chuqurlik 20 km. Zilzila epitsentri Toshkentdan 379 km janubiy-g‘arbda.
O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:
G‘uzor tumanida 3-4 ball, 22 km.
Qamashi tumanida 3 ball, 40 km.
Dehqonobod tumanida 3 ball, 43 km.
Qarshi tumanida 2-3 ball, 48 km.
Yakkabog‘ tumanida 2-3 ball, 49 km.
Qarshi shahrida 2-3 ball, 51 km.
Chiroqchi tumanida 2-3 ball, 58 km.
Nishon tumanida 2 ball, 68 km.
Koson tumanida 2 ball, 73 km.
Shahrisabz tumanida 2 ball, 78 km.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter