Qarshida gaz chaqnashi oqibatida ikki kishi vafot etdi
Bugun, 6-yanvar kuni soat 08:10larda Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida joylashgan uylarning birida gaz-havo aralashmasining chaqnashi yuzaga kelgan. Oqibatda binoning devorlari qulagan. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining yong‘in-qutqaruv guruhi qidiruv-qutqaruv ishlarini olib borgan. Ushbu hodisa oqibatida ikki nafar fuqaroning jasadi vayron bo‘lgan uy ichidan olib chiqilgan.
Shuningdek, hodisa joyiga FVB, IIB, SSB va Prokuratura xodimlari yetib borgan.
Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter