Qarshida ertadan yo‘nalishsiz taksilarga ruxsat beriladi
Erta 7 may sanasidan Qarshi shahrida yo‘nalishsiz taksilarga ruxsat beriladi.
Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Taksilar 3 kishidan oshmagan yo‘lovchi bilan, karantin qoidalariga amal qilgan holda harakatlanishi belgilangan. «Damas» avtomashinasi va avtobuslarga ruxsat berilmaydi.
Eslatib o‘tamiz, Qashqadaryo viloyatida koronavirus infeksiyasi yuqtirgan bemorlarning barchasi tuzalgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter