Qarshi shahri butunlay karantinga yopilishi bo‘yicha xabarga izoh berildi
Bugun ijtimoiy tarmoqlarda «4-may, tungi soat 00:00 dan boshlab, Qarshi shahriga kirish-chiqish har qanday transport vositalarida (avtobus, mikroavtobus va yengil avtotransport) to‘xtatiladi» mazmunidagi xabarlar tarqaldi.
Qashqadaryo viloyati hokimligi matbuot xizmatiga ko‘ra, aslida bu xabar 2020-yil 27-mart kuni e’lon qilingan.
«Shu o‘rinda, aholini tashvishga soladigan bu kabi yolg‘on xabarlarni tarqatishda uning oqibatlari nimalarga olib kelishini ham o‘ylab ko‘rish maqsadga muvofiqdir»,— deyiladi hokimlik xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter