Qariyb 5 kilo zahri qotilning savdosiga chek qo‘yishdi

Bojxona organlari tomonidan yirik miqdordagi giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanuviga qarshi keskin kurash olib borilmoqda.
Bu borada Davlat bojxona qo‘mitasining Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.
Tezkor tadbir davomida oldindan tezkor kuzatuvga olingan fuqarolar D.T. hamda I.O. «Neksiya» rusumli transport vositasidan tushib, ko‘p qavatli uylarning biri tomon harakatlanib ketayotgan vaqtida to‘xtatilib, ko‘zdan kechirilganida, uning yonidagi qora rangli polietilen paket ichida 2 dona skotch o‘ramlarda 1 kg 975 g «gashish» giyohvandlik vositasi borligi aniqlandi.
Shundan so‘ng tezkor tadbir davom ettirilib, yana bir fuqaro S.K. boshqaruvidagi «Neksiya» rusumli transport vositasi belgilangan tartibda ko‘zdan kechirilganda, mazkur transport vositasida harakatlanib kelgan fuqaro X.M.ga tegishli og‘irligi 2 kg 962,28 g «gashish» giyohvandlik vositasi borligi aniqlandi.
Olib borilgan tezkor tadbir davomida jami 4 kg 937,28 g «gashish» giyohvandlik vositasi noqonuniy savdosining oldi olindi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter