Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hisorak suv omboridan Qarshi shahrigacha ichimlik suvi tarmog‘i tortish mo‘ljallanmoqda

Hisorak suv omboridan Qarshi shahrigacha ichimlik suvi tarmog‘i tortish mo‘ljallanmoqda

Hisorak suv ombori.

Foto: Xabar.uz

So‘nggi 8 yilda ajratilgan 1,7 trillion so‘m hisobidan viloyatda markazlashgan suv ta’minoti 32 foizdan 61 foizga chiqdi. Lekin, bu respublikada eng past ko‘rsatkich ekani ko‘rsatib o‘tildi.

Viloyatda suv va kanalizatsiyani yaxshilashga bu yil 800 milliard so‘m ajratilgan. Mutasaddilarga buning hisobiga 183 kilometr suv va kanalizatsiya tarmog‘i, 8 ta suv inshooti qurilishini yakunlash topshirildi.

Qarshi shahri kanalizatsiya tizimini yaxshilash ishlarini ham shu oyda boshlash shartligi qayd etildi. Bunga xalqaro moliya institutidan 60 million dollar jalb qilingan.

Qarshi shahrida suv ta’minoti 97 foiz bo‘lsada, suv olib boradigan 110 kilometrli magistral quvurning yarmidan ko‘pi eskirgan, suv yo‘qotish yuqori.

«Shu bois, qanchalik qiyin bo‘lmasin, Hisorak suv omboridan Qarshi shahrigacha ichimlik suvi tarmog‘i tortishimiz kerak», — dedi Prezident.

Mutasaddilarga ushbu loyihani amalga oshirish bo‘yicha taklif kiritish topshirildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring