«Qamchiq» dovonida yuk mashinasi to‘satdan yonib ketdi
Bugun «Qamchiq» Maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasiga «Vodiy-Toshkent» yo‘nalishi bo‘yicha harakatlangan kalava ip ortilgan «IVEKO» rusumli yuk mashinasi kabina qismida yuzaga kelgan qisqa tutashuv natijasida yong‘in sodir bo‘lgani xabari kelib tushgan.
Zudlik bilan aytilgan manzilga 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yetib borib yong‘in bartaraf etilgan, deyiladi FVV xabarida.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter