Qamchiq dovonida ob-havoning keskin yomonlashishi kutilmoqda
O‘zbekiston gidrometeorologiya xizmati markazining ma’lumotiga asosan, joriy yilning 11, 12 va 14-yanvar kunlari Qamchiq dovonida ob-havoning keskin yomonlashishi kutilmoqda.
FVV axborot xizmatining xabariga ko‘ra, dovonda shu kunlari qor yog‘ishi, vaqti-vaqti bilan kuchayishi, tuman tushib, ko‘rinishning 50-100 metrgacha yomonlashishi, shamolning tezligi soniyasiga 22-25 metrgacha kuchayishi, yo‘llarda qor uyumlarining yuzaga kelishi, yo‘lning muzlashi kutilmokda.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi mazkur kunlarda Qamchiq dovoni orqali vaqtincha harakatlanmaslikni tavsiya etadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter